REKLAMA
Reklama joyi bo`sh!

Shoshiling o`z reklama joyingizni band qiling.

Foydali » Kun tarixi

Lyumyer Lui Jan (1864.5.10), Bezanson - 1948.6.6, Bandol) - fransuz kinematografiya ixtirochisi. Fransuz FA a'zosi (1919). Sanoat maktabini tugatgan , otasiga qarashli fotomateriallar fabrikasida ishlagan.1895 yilda akasi Otyust (1862 - 1954) bilan birga “harakatlanuvchi fotografiyalar”ni suratga olish va ekranga proyeksiyalash apparati (kinomatograf) tuzilmasini ishlab chiqqan. Shu apparati bilan suratga olingan kinoprogrammani birinchi marta Parijda 1895 yil dekabrda namoyish etgan. 1898 yildan kinotexnika bilan shug’ullangan. Lyumyer hajmiy va rangli kinoga olish va namoyish qilishni tadqiq qilgan. Fransiyada har yili eng yaxshi hujjatli film uchun Lyumyer nomli mukofot ta'sis qilingan.