REKLAMA
Reklama joyi bo`sh!

Shoshiling o`z reklama joyingizni band qiling.

Bag‘dodda noma`lum kimsalar kuch tuzilmalari xodimlari va namoyishchilarni o‘qqa tutmoqda 

Bag‘dodda noma`lum snayperlar 4 kishini otib o‘ldirdi. Bu haqda "Rudau" telekanali xabar berdi.   Telekanal ma`lumotlariga ko‘ra, qurbonlardan 2 nafari kuch tuzilmalari xodimlari, yana 2 nafari namoyishchilar bo‘lgan.Ta`kidlanishicha, Bag‘doddagi tartibsizliklarda umumiy hisobda 42 kishi halok bo‘lgan. Jarohatlanganlar soni 2 mingga yaqinni tashkil qilmoqda.Hozirda Iroqda internetga kirish to‘silgan, komendantlik soati kiritilgan.4 oktyabrda namoyishchilarga Iroq bosh vaziri Odil Abdul Mahdiy murojaat qilib, ularni tarqalishga chaqirgan. Shuningdek, shialar diniy rahnamosi oyatulloh Ali as-Sistaniy ham chiqish qilib, mamlakat rahbariyatini tanqid qilgan va tartibsizliklarni tugatishga chaqirgan. 

manba