REKLAMA
Reklama joyi bo`sh!

Shoshiling o`z reklama joyingizni band qiling.

Valentina Matviyenko: O‘zaro aloqalarni rivojlantirishda parlamentlarimiz hamkorligi muhim ahamiyatga ega

Mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo`lib turgan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matvienko 3-oktabr kuni Buxoroga tashrif buyurdi. Bu haqida O`zA xabar berdi .Yuqori martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi Tanzila Norboeva va Buxoro viloyati hokimi O`ktam Barnoev kutib oldi.Rossiya Federatsiyasi parlamentining delegatsiyasi viloyat bilan tanishuvni Kogon tumanidagi Bahouddin Naqshband majmuasidan boshladi.Buxoro - buyuk allomalar, xususan, islom dini taraqqiyotiga munosib hissa qo`shgan pirlaru avliyolarni kamolga yetkazgan ko`hna zamin. Mustaqillik yillarida ajdodlarimizning boy merosini o`rganish, xotirasini e`zozlashga alohida e`tibor qaratildi. Ana shunday ulug` zotlardan biri, ta`limoti komil inson tarbiyasi bilan uzviy bog`liq Bahouddin Naqshband qabri joylashgan ulkan hudud ham obodlashtirilib, ziyoratgohga aylantirildi. Rossiyaliklar mazkur maskan bilan tanishib, Naqshbandiya tariqatining o`ziga xos jihatlari bo`yicha batafsil ma`lumotga ega bo`ldi.Shundan so`ng mehmonlar uzoq tarixga ega noyob me`moriy yodgorliklari bilan jahonga mashhur Buxoro shahri bilan tanishdi. Ular Labi hovuz majmuasi, undagi Nodir Devonbegi madrasasini tomosha qildi. Bu yerda mehmonlarni viloyat markazidagi 2-umumta`lim maktabi o`quvchilari kutib oldi. Yoshlarning baxtli bolalik va yurtni tarannum etuvchi chiqishlari Rossiya delegatsiyasi a`zolarini mamnun etdi.Buyuk ipak yo`lida joylashgan Buxoro azaldan o`zining benazir hunarmandchiligi bilan mashhur. Mehmonlarda majmua hududida ajdodlari an`analarini davom ettirayotgan xalq ustalarining san`atkorona qo`l ishlari katta taassurot qoldirdi.Delegatsiya a`zolari Minorai Kalon, Masjidi Kalon va Mir Arab madrasasini o`z ichiga olgan Poyi Kalon majmuasiga ham tashrif buyurdi.Safar so`nggida Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matvienko O`zbekistonga, jumladan, Buxoroga tashrifi xususida ommaviy axborot vositalariga intervyu berdi.- Yurtingizga tashrifimiz taassurotlarga boy bo`ldi. Prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligida barcha sohalarda katta ijobiy o`zgarishlarga erishilganiga guvoh bo`ldik, - dedi Rossiya Federatsiyasi parlamenti yuqori palatasi raisi. - O`zbekiston ochiq demokratik jamiyat barpo etish sari dadil qadam tashlamoqda. Iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omillaridan bo`lgan jozibali investitsiya muhiti yaratilgani, soliq sohasidagi islohotlar tadbirkorlikni rivojlantirishga, xorijlik investorlarning yurtingizga sarmoya kiritishga qiziqishini tobora oshirmoqda. Bugun mamlakatingizda Rossiya kompaniyalari ham faol ishlamoqda. Yoshlar - mamlakatning kelajagi. Yurtingiz aholisining 60 foizidan ziyodrog`ini 30 yoshgacha bo`lgan navqiron avlod tashkil etarkan.

Prezident Shavkat Mirziyoevning mana shu qatlamga katta e`tibor qaratganini alohida ta`kidlashni istardim. Ayniqsa, maktabgacha ta`lim tizimini rivojlantirish, bolalarni maktabga tayyorlashda ularni mazkur sohaga qamrab olish darajasini oshirishda katta ishlar qilinayotganidan xabardorman. Umumiy o`rta ta`lim va oliy ta`lim sifatini xalqaro standartlar asosida yuqori darajaga ko`tarishga katta sarmoya sarflanayotgani e`tiborlidir. Yana bir jihat. O`zbekiston poytaxti yangi bunyodkorliklar hisobiga chiroy ochib borayotir. Men bunday yaratuvchilik ishlari ko`lamini Buxoro shahrining yangi qismida ko`plab zamonaviy turar joylar qurilayotganida ham ko`rdim. Shubhasiz, bular aholi farovonligiga, yashash sharoitlarini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. O`zbekiston Rossiyaning haqiqiy strategik sherigidir. Mamlakatlarimiz Prezidentlari uzoq istiqbolni ko`zlab olib borayotgan siyosat tufayli ikki davlat o`rtasida ko`p tomonlama aloqalar rivojlanmoqda. Jumladan, iqtisodiyot sohasida tovar aylanmasi hajmi jadal oshmoqda. Ammo bu borada imkoniyatlardan yanada kengroq foydalanishimiz zarur. Masalan, to`g`ridan-to`g`ri mintaqalararo hamkorlik tajribasini kengaytirish kerak. Mamlakatlarimiz o`rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishda parlamentlarimiz hamkorligi ham muhim ahamiyatga ega. Biz bu haqida Oliy Majlis Senatida fikrlashib oldik.Rossiya Federatsiyasi parlamenti delegatsiyasi shu kuni Buxoro xalqaro aeroportidan Moskvaga uchib ketdi.

manba