REKLAMA
Reklama joyi bo`sh!

Shoshiling o`z reklama joyingizni band qiling.

O‘zbekistonda arzon unning katta qismi aholiga yetib bormasdan bozor narxlarida sotilayotgani ma’lum qilindi

2019-yil 4-oktabr kuni parlament quyi palatasi Agrar va suv xo`jaligi masalalari qo`mitasining kengaytirilgan yig`ilishida O`zbekiston fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining rayosati tomonidan Oliy Majlisga g`alla yetishtiruvchi fermer xo`jaliklarining moliyaviy barqarorligini ta`minlash yuzasidan qilgan Murojaatnomasi atroflicha muhokama qilindi.Tadbirda fermer xo`jaliklari va boshqa qishloq xo`jaligi mahsuloti yetishtiruvchilarning g`alla yetishtirishdan moddiy manfaatdorligini oshirish, shuningdek, sohada iqtisodiy munosabatlarni to`liq bozor mexanizmlariga o`tkazish maqsadida g`allaga nisbatan narxlarning erkinlashtirilishi va uning oqibatlari yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarning dastlabki axborotlari eshitildi.Murojaatnomada keltirilishicha, yillar davomida g`alla yetishtirish va uni qayta ishlashning davlat tomonidan qat`iyan boshqarilishi va fermer xo`jaliklari tomonidan yetishtirilgan g`allaning bozor narxlariga nisbatan past narxlarda xarid qilish tamoyillari asosida hal qilib kelingan. Natijada, fermer xo`jaliklarining hosildorlikni oshirish va g`alla yetishtirish hajmini ko`paytirishga qiziqishi pasayib, manfaatdorligi oshmagan.Yig`ilish ishtirokchilari tomonidan arzon unning katta qismi amalda aholining tegishli qatlamlariga yetib bormasdan bozor narxlarida sotilayotgani, o`z navbatida, donni qayta ishlash korxonalari va savdo tashkilotlarida suiiste`mol qilish holatlari uchrayotgani qayd etildi.Ta`kidlanganidek, so`nggi uch yilda qishloq xo`jaligida olib borilayotgan islohotlar natijasida qator ijobiy o`zgarishlar amalga oshirildi. Davlat rahbarining tashabbusi bilan bir tonna g`allaning xarid narxi 1 mln. 200 ming so`m miqdorida belgilanishi va hosildorlikdan kelib chiqib 25 foizgacha ustama haq to`lanishi natijasida g`allaning o`rtacha narxi 1 mln. 420 ming so`mni tashkil etdi. Lekin don korxonalarida un mahsulotlari ishlab chiqarishda bozor iqtisodiyoti mexanizmlari yo`lga qo`yilmaganligi natijasida fermer xo`jaliklaridan qabul qilgan g`alla uchun hisob-kitobni yakuniga yetkaza olmayaptilar. Buning natijasida fermer xo`jaliklari va boshqa qishloq xo`jaligi mahsuloti yetishtiruvchilarning ertangi kunga to`liq ishonch bilan qarashlariga imkon bermayapti.Shuningdek, narxlarning erkinlashtirilishi g`alla yetishtirishda moddiy manfaatdorlikni oshirish, g`alla yetishtirish hajmlarining ko`payishi bilan bir qatorda uning oqibatlariga ham e`tibor qaratildi.

manba