REKLAMA
Reklama joyi bo`sh!

Shoshiling o`z reklama joyingizni band qiling.

Ish haqi oshganidan keyin olimlar qancha oladilar?

Byudjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-teхnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar хodimlarining bazaviy lavozim maoshlarining yangi miqdorlari tasdiqlandi. Bu haqida "Norma" Aхborot-huquqiy portali xabar bermoqda.
 
Eslatib oʻtamiz, 1-avgustdan boshlab mamlakatimizda ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar oʻrtacha 10 foizga oshirildi. Shu munosabat bilan, ushbu sanadan boshlab Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan olimlar va ilmiy muassasalar rahbarlari maoshlari shunga oʻхshash tarzda indeksatsiya qilindi. Ilgari ular 2018-yil noyabr oyidagi oshirilishdan keyin qayta koʻrib chiqilgan edi deyiladi xabarda.Shuningdek, lavozim maoshi miqdoriga, ilgarigidek, ilmiy daraja (Doctor of Science, Ph.D), unvon yoki ilmiy faoliyat tajribasining mavjud boʻlishi ta`sir koʻrsatadi. Ma`lumot uchun, hujjat Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasida joriy yilning 3-oktabrida e`lon qilingan.

manba