REKLAMA
Reklama joyi bo`sh!

Shoshiling o`z reklama joyingizni band qiling.

Sanjiv Edvard: Navoiy aeroporti Markaziy Osiyo mintaqasining eng yirik quruqlik portiga aylana olishiga ishonaman

Transport vazirligida Hindistonning "Delhi International Airport Limited" kompaniyasining moliyaviy direktori Sanjiv Edvard boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.Uchrashuvda Navoiy aeroporti bazasida tashkil etilgan xalqaro intermodal logistika markazining samaradorligini oshirish masalasi muhokama etildi. Muhokamalar davomida Sanjiv Edvard Hindiston tomoni yuk va yo`lovchi tashish jarayonida mamlakatimizning tranzit salohiyatidan keng foydalanish orqali hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini ma'lum qildi. U, shuningdek, "DIAL" kompaniyasi Navoiy va Dehli aeroportlarini yuk tashuvlari yo`nalishida bir-biriga bog`lovchi tizimni yaratish masalasini ko`rib chiqishga tayyorligini bildirdi. "Men, Navoiy aeroporti Markaziy Osiyo mintaqasining eng yirik quruqlik portiga aylana olishiga ishonaman. Chunki buning uchun barcha asoslar mavjud", - dedi Sanjiv Edvard. Hindiston kompaniyasi shuningdek, aviatashuvlar bilan bog`liq hujjatlar va jarayonlarning IT yechimlarini amaliyotga joriy etish yo`nalishida ham hamkorlik qilishga tayyorligini ma'lum qildi. Uchrashuv davomida tomonlar aviatsiya sohasida yuk va yo`lovchi tashish yo`nalishida alohida ishchi guruhlarini shakllantirib, hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`yish bo`yicha kelishib olishdi. 

manba