REKLAMA
Reklama joyi bo`sh!

Shoshiling o`z reklama joyingizni band qiling.

Google internetdagi harakatlaringizni yashirishga yordam beruvchi 3 ta funksiya yaratdi

Google foydalanuvchilarga Google Xarita, YouTube va Google Assistentdagi shaxsiy ma`lumotlarini boshqarishda qo`shimcha nazorat imkonini beruvchi uchta yangi vositani ishga tushirdi . Google Maps`da inkognito rejimi paydo bo`ldi - u yoqilganida servisdan foydalanilgani haqidagi ma`lumotlar saqlanmaydi. Bu funksiyani akkaunt fotografiyasiga bosib faollashtirish kerak. Yaqin haftalarda undan faqat Android`da foydalanish mumkin, keyinchalik iOS`da ham paydo bo`ladi.  YouTube`da esa qidiruvlar tarixini avtomatik tarzda o`chirish funksiyasi kiritildi. Bu axborotni saqlashning 3 oylik, 18 oylik va doimiy (bunda foydalanuvchining o`zi qidiruvlar tarixini o`chirmagunicha saqlanadi) muddatlari bor.  Google Assistant foydalanuvchilarning shaxsiy ma`lumotlari himoyasi uchun kompaniya qo`llaydigan choralar haqida gapirib berishni o`rgandi. Buning uchun: "Okey, Google, mening ma`lumotlarimni qanday saqlaysan?", deb so`rash kerak xolos. Bundan tashqari, konfidensiallik sozlamalarini ovozli buyruqlar yoramida boshqarish imkoniyati ham paydo bo`ldi. Suhbatlarni o`chirish uchun: "Okey, Google, oxirgi so`rovimni o`chir" yoki "O`tgan hafta senga nima degan bo`lsam, hammasini o`chir", desangiz kifoya.  Agar bir haftadan avvalroq berilgan so`rovlarni o`chirish lozim bo`lsa, Google Assistant sizni akkaunt sozlamalaridagi kerakli sahifaga yo`llaydi. Google foydalanuvchilar himoyasi uchun yana bir funksiyani tayyorladi: endi uning parollarni avtomatik saqlaydigan dispetcherida ularni tekshirish funksiyasi paydo bo`ldi. Bu funksiya parol xavfsizmi, avval qo`llanilganmi-yo`qmi hamda uchinchi shaxslarga ma`lum bo`lgan-bo`lmaganini ko`rsatib beradi.

manba