REKLAMA
Reklama joyi bo`sh!

Shoshiling o`z reklama joyingizni band qiling.

Moliya masalalari bilan shug‘ullanuvchi 30 yoshli jurnalistdan boy bo‘lish sirlari

Har qanday masala bo`yicha har bir insonning, albatta o`z fikrlari, qarashlari bo`ladi. Odam yillar davomida o`zgalarning xatolari va yutuqlaridan o`zi uchun xulosalar chiqaradi. Biz sizlar bilan bo`lishmoqchi bo`lgan tavsiyalar o`z moliyaviy qarashlaringizni o`stirishingizda yordam beradi , degan umiddamiz. Quyida moliyaviy masalalar bilan shug`ullanuvchi 30 yoshli jurnalistning pul borasidagi iqrorlari. 1. Har doim pulni yig`ib borish kerakAgar pullar oz bo`lsa ham. Agar bu oyda pulingiz biroz ko`proqdek tuyulsa ham, ularni ortiqcha narsalarga sarflamasdan yig`ishga harakat qiling. Aslida pul "qora kunlar" uchun yig`iladi, deb o`ylardim. Ochig`i, nima uchun "qora kun" haqida o`ylashim kerak, deb pul yig`ishga harakat ham qilmasdim. Biz bir kun yashaymiz, deya sarflab yuborardim.   
Endilikda, men pul "qora kun" uchun emas, katta xarajatlar uchun yig`iladi, deb hisoblab, imkoni boricha pul yig`ishga harakat qilyapman.  2. So`mlarni karavot ostida saqlamangBunday qilsangiz favqulodda chiqib qoladigan kichik xarajatlar sabab, pullaringiz kamayib ketganini o`zingiz ham bilmay qolasiz. Agar chindan ham pulni yostiq ostida saqlashdan zavqlansangiz, ularni dollar yoki yevroga aylantirib qo`ying. Ana shunda uni ishlatish ehtimoli ancha uzoqqa suriladi. 3. Katta miqdorda qarz berishning hojati yo`qTushlik yoki yana shunga o`xshash kichik paytlarda qarz berilsa qaytarilish ehtimoli yuqoriroq bo`ladi. Lekin qaytib olmasangiz ham unchalik asabiylashmaysiz. Biroq qarindosh va yaqinlar bir birlariga qancha katta miqdorda pul berishsa, o`rtadagi munosabat shu qadar zaiflashib boraveradi. 4. Menga nafaqat qimmat narsalar, balki arzonlari ham kerakMen 30 yoshga kirgandan so`ng, nima arzon-u, nima qimmatligini tushunib yetdim. Masalan, dori-darmonlardan hech qachon pul tejab qolishga urinmang. Kiyimlarni esa juda qimmat brendlardan olish shart emas. 5. Tushunarsiz moliyaviy masalalar va iqtisodiy xizmat turlarini qanday ishlashini o`rgandimBirinchisi ishimga yordam berdi, ikkinchisi ozgina bo`lsa-da, qo`shimcha daromad olishda qo`l keldi. Men internetdagi ko`plab keshbek-saytlarni nazarda tutyapman. 
18-20 yoshimda bunday tizimlar haqida eshitgandim. Lekin tushunmaganim uchun e`tibor bermasdim. Endilikda esa, bu tizimdan ham foyda olish mumkinligini anglab yetdim.

manba