REKLAMA
Reklama joyi bo`sh!

Shoshiling o`z reklama joyingizni band qiling.

Supermarketlarda bizni qanday aldashadi? Biz bilmagan hiylalar

Quyidagi marketing hiylalari sizni rejangizda bo`lmagan mahsulotlarni xarid qilishga majbur etadi . 1. Ishtahani ochishSupermarketlardagi uddaburon marketologlar xaridorlarni degustator sifatida ishlatib ularga kichik bo`lakli bepul yeguliklarni taqdim qilishadi. Bunday mahsulotlarning hidi aksariyat mijozlarni o`ziga jalb eta oladi. Tavsiyamiz, hech qachon bunga aldanib qolmang. Agar ularning mazasi yoqib qolsa, sotib olishga majbur bo`lasiz. Natijada, savatchangizda yana bir ortiqcha mahsulot paydo bo`ladi. 2. Musiqiy gipnozSupermarketlardagi sho`x musiqalarni maksimal darajada tinglamaslikka harakat qiling. Savdolar sonini ko`paytirish muhim bo`lgan joylarda sho`x musiqa yangraydi. Amerika Marketing Uyushmasi tomonidan o`tkazilgan tadqiqotga ko`ra, sho`x musiqa xaridorni o`z-o`zidan sotib olishga undaydi.3. Rang sxemasiOdamlarni tashqi devori va kirish joylari qizil, to`q sariq kabi yorqin ranglarga bo`yalgan do`konlar o`ziga jalb qilib turadi. Ichkarida esa ko`k, yashil singari sovuq ranglar xaridorlarni ko`proq pul sarflashga majbur qiladi. CNN, Business Review jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko`ra, ko`k, yashil rangda bezatilgan do`konlarda xaridorlar devor va javonlari iliq ranglarga bo`yalgan do`konlarga qaraganda 15 foiz ko`proq pullarini sarflab ketishar ekan. 4. Kassa oldidagi kichik mahsulotlarMarketologlar kassa oldida unchalik qimmat bo`lmagan va har doim ham kerakli bo`lmaydigan kichik mahsulotlarni qo`yib qo`yishadi: shokolad, shakarli qalamchalar, muzqaymoq, nam salfetka, qo`llarni zararsizlantiruvchi antiperspirant va boshqalar. Savdo qilib charchaganingizda ular kerakmi-yo`qmi hisobga qanday qo`shib yuborganingizni bilmay qolasiz.  5. Qo`shimcha mahsulotlarDo`konga farzandingiz uchun sevimli bo`lgan o`yinchoqlar to`plamini olish uchun borsangiz. Pecheniye yonida bolalar shokoladlari va zefirlarni ko`rasiz. Keyin "qanday yaxshi-ya", deb o`ylaysiz-u do`kondan kamida 3 ta narsa olib chiqib ketasiz. Supermarketlarda bu kabi "strategiya"larning yana ko`plab turlari mavjud. 6. Mahsulotlar tezda buzilishiga sabab bo`ladigan qadoqlar Yangi non ko`pincha qog`oz qadoqlarda sotiladi. Chiroyli-a? Bu fakt. Ammo bunday paketdagi non tez quriydi va yana do`konga borishga to`g`ri keladi. Bu ham marketing fokuslaridan biridir. Shuning uchun, uyga qaytganingizdan so`ng, xaridingiz iloji boricha uzoqroq saqlanishi uchun ularni qayta qadoqlashga harakat qiling.

manba