REKLAMA
Reklama joyi bo`sh!

Shoshiling o`z reklama joyingizni band qiling.

Milliarderlar farzandlarini qanday tarbiyalaydi?

Milliarderlarning bolalariga, albatta, yorug` kelajak ta`minlangan va ularga hamma narsa muhayyo, deb o`ylaysizmi? Har doim ham emas. Aslida, muvaffaqiyat "titan"lari ko`pincha farzandlariga oilaviy pullardan foydalanishni qattiq taqiqlaydi va eng quyi darajadan boshlashni talab qiladi . Quyida, milliarderlar farzandini qanday tarbiyalashi va bu qanchalik samara beryotganini bilib olasiz. 1. Bill Geyts, Microsoft rahbari  Bill va uning rafiqasi barcha pullarini o`zlarining xayriya fondiga berishga, bolalarini esa faqatgina dunyodagi eng yaxshi ta`lim bilan ta`minlashga qaror qilishgan. Geytslar juftligining fikricha, faqatgina shu tariqa bolalar biror narsaga o`z kuchi bilan erisha olishi mumkin. Aytgancha, Billning ota-onasi ham shunday yo`l tutishgan. Ular juda boy edi, lekin o`g`lini ortiqcha erkalatib yuborishmagan. Bill hali maktabda o`qib yurgan chog`laridayoq shahar elektrostansiyalarini boshqarish uchun dastur tayyorlab, bir necha ming dollar ishlab topgan. 2. Uorren Baffet, amerikalik tadbirkor Uorrenning fikricha, bolalarni boshqarishga urinib, o`z izingizdan yurishga majburlamasligingiz lozim. Ular nimaga qodirligini sizga o`zlari ko`rsatishsin. "Siz yo`l qo`yishingiz mumkin bo`lgan eng katta xato - bu pul yordamida bolani u yoki bu tarzda o`zini tutishga majburlashdir. Men bolalarimni hech narsaga: kollejni tugatishga, shifokor yoki yurist bo`lishga majburlamaganman. Men ularga o`z qobilyatlari qayerda jamiyat uchun eng ko`p foyda keltirsa, o`sha yerda ishlatishini aytganman". Uning o`g`li Govard ushbu tamoyil tufayli bugun mashhur fermer, yozuvchi va fotograf, shuningdek, otasining kompaniyasida direktorlar kengashi a`zosi. 3. Amansio Ortega. "Zara", "Massimo Duti" rahbari Amansio oddiy turmush tarzida o`sgan va qizi Martani ham shu tariqa tarbiya qilgan. Buni tekshirish qiyin emas. Masalan, Marta qatnashgan biron-bir janjal yoki shov-shuvli, hashamatli bazmlar haqida hikoyalar topolmaysiz. Amansio qizi 18 yoshga to`lishi bilanoq, biznesni ichkaridan o`rganishi uchun - uni sotuvchi-konsultant sifatida ishlashga yuboradi. Keyin u savdo xizmatchisi sifatida, shuningdek, Shanxayda ishlab chiqarishda ishlaydi. Hozir 26 yoshli Marta otasining korporatsiyasini boshqarishga tayyorlanmoqda.  4. Rotshildlar oilasi Rotshildlar oilasi asoschisi sulola uzoq va juda katta bo`lib rivojlanishi uchun kodeks ishlab chiqqan. Masalan, yuqori lavozimlarni faqatgina oila a`zolari egallashi mumkin, ishlarni faqat erkaklar yuritadi, aktivlar faqat o`g`il farzandlarga meros qilinadi. Shuningdek, u oilaning boyliklarini bildirish, davlati hajmini oshkor qilish mumkinmasligini uqtirgan. Hattoki, sud yoki majlisda ham. Kimdir bularni juda eskirgan qoidalar deydi, ammo ko`rib turganimizdek, ularning ishlari yomon ketmayapti. 5. Jeff Bezos, Amazon rahbari Amazon bosh direktori bolalar uchun eng muhim narsa - har tomonlama rivojlanish, deb hisoblaydi. Uning fikricha, bu Singapur matematikasi, xitoy tili, fermalarda jonli biologiya, ovqat tayyorlashda tajriba qilish, ta`limiy klublar, boshqa bolalar bilan musobaqalashish va hokazolarni qamrab oladi. Hayotni amaliyotda anglash kerak. 25 yoshingizda diskriminatni hisoblay olsangiz-u, uyni ta`mirlashni bilmasangiz yoki turmush o`rtog`ingiz bilan munosabat o`rnata olmasangiz, bu juda kulgili, axir. 6. Charlz Kox, "Coch Industries" rahbari Charlz talabchan ota edi. Uning fikricha, bolalari har kuni beshta oilaviy tamoyil: muhabbat, shijoat, ishonch, nomus va sadoqat asosida yashashlari lozim. Uning o`g`li Cheyz shunday eslaydi: "Sen 5 yoki 6 yoshdasan, tushlik stolida o`tiribsan va shu payt otang sendan so`raydi: "Bu tamoyillar uchun bugun nima qilganing haqida gapirib ber. Hikoya eshitishni xohlayman". 
Hozir Cheyz "Coch Industries"ning filiallaridan birini boshqaradi. 7. Mark Sukerberg, Facebook rahbari Sukerberg o`z farzandlarini ota-onasining metodi asosida tarbiyalaydi: hech qanday jismoniy jazolarni qo`llamaslik, shaxsni har tomonlama yuksaltirish hamda vaqtichog`liklarga albatta vaqt topish. Bu metodlar ishlaydiganga o`xshaydi. Axir, ular Markning dunyodagi eng qimmat kompaniyani yaratishiga yordam bergan.8. Rokfellerlar oilasi Rokfellerlar oilasidagi eng eski an`ana - oilaviy uchrashuvlar. Ular buni har ikki yilda qilishadi, ba`zida bitta joyda yuzlab odamlar yig`iladi. Shuningdek, ular 21 yoshdan katta bo`lgan barcha oila a`zolari uchun biznes-forumlar o`tkazishadi. Bu forumlarda ishga oid barcha masalalar muhokama qilinadi. Siz ham u qadar badavlat bo`lmasangiz-da, barcha muhim masalalarni muhokama qilish uchun oilaviy majlislar o`tkazib tursangiz, foydadan holi bo`lmaydi.

manba