REKLAMA
Reklama joyi bo`sh!

Shoshiling o`z reklama joyingizni band qiling.

WebMoney  – elektron hamyondan ham ko‘proq degani

Toshkentda o‘tkazilgan ICT Week 2019 O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida elektron tijoratni rivojlantirish rejalariga katta e`tibor qaratildi.WebMoney Transfer tizimini rivojlantirish bo‘yicha direktor Pyotr Daraxvelidzening nutqi e-tijorat sohasidagi hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlandi. Biz u bilan O‘zbekistonning to‘lov bozorida qanday yangiliklar paydo bo‘lishini, elektron hamyonlarning xususiyatlarini va onlayn to‘lovlarning qanchalik xavfsizligini muhokama qilish uchun uchrashdik.Hozirgi vaqtda bizda uchta vazifa mavjud: hisobni to‘ldirishning arzon va oson usullarini taqdim etish, interfeysni o‘zbek tiliga o‘tkazish, shuningdek WMY-hamyonni global internet-do‘konlar va xizmatlarga, masalan, AliExpress tizimiga maksimal darajada kirish imkoniyatini ta`minlash.Umid qilamizki, WMY-hamyon kundalik to‘lovlar va mashhur tovarlar va xizmatlarni to‘lash uchun qulay vosita bo‘ladi. Kimgadir esa, WebMoney o‘z ishini ochishga va internetda qonuniy pul topishga yordam beradi.Umuman tizimda o‘nlab xizmatlar mavjud: frilancerlar birjasi, mablag‘ yig‘ish va jamoaviy xaridlar uchun platforma, escrow xizmati, fayllar saqlanadigan ombor va ko‘plab boshqalar. Tizim ushbu xizmatlarning ko‘pchiligidan foydalanish imkoniyati uchun qo‘shimcha to‘lov olmaydi.Tizimda, shuningdek, noinsof sotuvchiga nisbatan shikoyat qilish imkoniyati ham nazarda tutilgan, bunday holatlarning har biri batafsil ko‘rib chiqiladi.Bundan tashqari, ishonchlilikni baholash uchun qo‘shimcha vositalar mavjud. Ulardan biri Business Level (BL) - WebMoney Transfer tizimi a`zosining ishdagi faollik darajasi. BL ko‘rsatkichi tizimdan foydalanishning davomiyligi, ishtirokchiga nisbatan e`tirozlarning mavjudligi, o‘tkazmalar hajmi, korrespondentlar soni haqidagi ma`lumotlar asosida hisoblanadi. BL qanchalik yuqori bo‘lsa, siz ishonchli sotuvchi yoki biznes hamkor bilan ishlayotganligingiz ehtimoli shunchalik katta bo‘ladi.Reklama huquqi asosida

manba