REKLAMA
Reklama joyi bo`sh!

Shoshiling o`z reklama joyingizni band qiling.

Kun tarixi: Gandi tavalludining 150 yilligi  

Xo`sh, Gandi o`zi kim edi? Nima uchun uni butun dunyo taniydi va hurmat qiladi?
Keling, bugun bu buyuk zot haqida ayrim qiziqarli faktlarni yodga olamiz.  Bugun Hindistonda katta bayram. Ular millat otasi - Gandining tug`ilgan kunini nishonlashmoqda. Gandi 1869-yilning 2-oktyabrida Porbandar (Gujarat) shahrida tug`ilgan. 
Ota-onasi Gandi 13 yoshga to`lganida o`zi tengi qizga uylantirib qo`yishadi. O`shanda ular pulni tejash maqsadida nikoh marosimlarini amakisinikida o`tkazgan ekan. Gandi birinchi marta Janubiy Afrikada zo`ravonlikka qarshi kurash g`oyasini amalga oshiradi. U mamlakatda yashovchi hindlarning huquqlari uchun kurash olib borgan. "Mahatma", ya`ni "buyuk" degan unvonni unga birinchi marta 1915-yili Nobel mukofoti sovrindori Rabindranat Tagor bergan. Odatda, Gandi oddiy matoga o`ranib, yalangoyoq yurgan. Birinchi marta u Angliyaga kelganida, o`zi va boshqalarga hind milliy o`zligini yo`qotmasdan haqiqiy britaniyalik janobga aylanishi mumkinligini isbotlashga qaror qiladi. U Londonga oddiy oq rangdagi hind milliy libosida keldi.  1942-yilda Gandi anti-ingliz harakatini boshqargan. Ingliz hukumati tomonidan juda ko`p marotaba hibsga olinganidan Gandidan "uyingiz qayerda", deb so`rashganida u ko`pincha "ingliz qamoqxonasida", deb javob bergan ekan. Gandi an`anaviy hind jamiyatida eng past tabaqa hisoblanuvchi kastalarni "Xudoning bolalari", deb atagan. Va ularga bo`lgan salbiy munosabatni o`zgartirish uchun jamoatchilik fikri bilan kurashish hayotining bir qismiga aylanadi.
Mahatma Gandi 1948-yili ibodat vaqtida o`ldirilgan. Mahatma Gandi haqidagi yanaham to'liqroq malumotlar bu yerda ? https://www.youtube.com/watch? ... UZp5k Inson nomi hamisha u amalga oshirgan ezgu ishlari bilan yodga olinadi. Tarixda qanday inson bo`lib qolish, albatta har bir insonning o`z ixtiyorida. Nozima RAHMATOVA tayyorladi

manba