REKLAMA
Reklama joyi bo`sh!

Shoshiling o`z reklama joyingizni band qiling.

Saturn halqalarini birma-bir yo‘qotyapti

Saturnning halqalari borligiga biz shunchalik o`rganib qolgan edikki, ularsiz bu sayyorani tasavvur ham qila olmasdik. Ammo, Saturnning halqalari abadiy emasligi ayon bo`ldi. Gap shundaki, vaqt o`tib nurni aks ettiruvchi va Saturnni juda chiroyli qilib ko`rsatuvchi mo`jizaviy halqalar asta-sekin yo`qola boshlaydi. Nega bunday bo`lyapti? Saturn qancha vaqt "bezaklarsiz" qoladi ? Aftidan, gaz gigantining halqalari juda katta masofada joylashganga o`xshaydi. Yaqindan tekshirish natijasida ular Saturn atrofida milliardlab muz va kosmik chang zarralaridan iboratligi ma`lum bo`ldi. Kichik o`lchamlari tufayli yengil zarralar uzoqdan ko`rinadigan darajada barqaror emas.O`tgan asrda "Voyager" kosmik kemasida olingan fotosuratlar yordamida astronomlar sayyoraga yaqinroq bo`lgan halqalarning zarralariga Saturnning tortishish kuchi ta`sir ko`rsatayotganini aniqlashga muvaffaq bo`lishdi. Halqalarning tarkibidagi moddalar gaz gigantiga tomon tortilib boradi va uning atmosferasida abadiy yo`q bo`lib ketadi. Ammo, ilgari bu jarayon juda sekin bo`lgan va odatda halqalarning barqarorligiga ta`sir qilmaydi deb ishonilgan. "Kassini" apparati tomonidan yuborilgan ma`lumotlarni tahlil qilgandan so`ng astronomlarning halqalarning yo`qolish tezligi haqidagi fikrlari o`zgargan. Apparat sayyoraga juda yaqin bo`lgan "D" halqasining keskin ravishda yo`qolishini qayd etdi. Bundan tashqari, ular nafaqat muz va kosmik chang zarralaridan, balki metan, azot va ammiak kabi ko`p miqdordagi gazsimon moddalardan iborat ekanligi ma`lum bo`ldi. Aniqlanishicha, Saturn halqalarini tashkil etuvchi 40 tonnaga yaqin turli zarralar bir soniya ichida sayyora yuzasida yo`q bo`lib ketadi.Astrofiziklarning fikriga ko`ra, Yupiter sayyorasi ham bir paytlar ajoyib halqalarga ega bo`lgan. Ammo gaz giganti oxir-oqibat o`zining barcha halqalarini yutib yuborgan va bugungi kunda zarrachalarning ozginagina qismi saqlanib qoldi, xolos. Saturn, ehtimol, quyosh tizimidagi qo`shnisining taqdirini takrorlashi va oxir-oqibat halqalarsiz qolishi mumkin. Olimlar halqalarning yo`qolish tezligini tahlil qilgandan so`ng, ular bir necha million yil ichida butunlay yo`q bo`lib ketadi, degan xulosaga kelishdi. Albatta, inson hayotining davomiyligini hisobga olsak, bu raqam havaskor astronomlarni qo`rqitmasligi kerak. Chunki, bugungi davr odamlarining hayoti davomida Saturn hozirgidek ko`rinishga ega bo`ladi.

manba