REKLAMA
Reklama joyi bo`sh!

Shoshiling o`z reklama joyingizni band qiling.

Nega zararli ovqatlarni yeyishni xohlaymiz?

Ko`pincha zararli mahsulotlarni iste`mol qilishimizga irodamizning sustligini sabab qilib ko`rsatamiz. Iroda kuchi, albatta, zararli ozuqaviy odatlar bilan kurashda muhim rol o`ynaydi. Ammo, o`ylab ko`ring: balki organizmingiz sizga nimanidir xabar qilmoqchidir? Aslida, zararli ovqatlarni xohlash - oqsil, yog` va uglevodlarni noto`g`ri taqsimlash, yetarli oziqlanmaslik yoki ortiqcha yeyish mikroelementlarning yetishmasligidan bo`ladi. Keling, nima uchun sog`lom ovqatlanish tarziga o`ta olmayotganingizni aniqlaymiz . Shirinlik Odatda, shirinliklarga boshqarib bo`lmaydigan xohish - ratsionida haddan ziyod ko`p oqsillar bo`lgan odamlarda vujudga keladi. Keto-diyeta (kam uglevodli diyeta) tarafdorlari shuni aytishadiki, go`yoki oqsil - mavjud narsalarning eng foydalisidek. Darhaqiqat, bu juda muhim element, ammo hamma narsaning me`yori bo`lishi kerakligini unutmaslik lozim. Ratsiondagi ortiqcha oqsil yoki qizil go`sht ovqat hazm qilish tizimi, jigar, buyraklar va oshqozon osti beziga zo`riqish beradi. Shuningdek, oshqozon-ichak tizimida og`ir ovqatni hazm qilish va o`zlashtirish uchun ko`proq kislotalar, fermentlar ajralib chiqadi. Natijada "kislotalanish" ro`y beradi va organizm balans qidirib, "qarama-qarshi ta`m" - aynan shirinlikni talab qiladi. Albatta, oqsildan voz kechish kerak emas, shunchaki, me`yoringizni aniqlab oling va shu asosda iste`mol qiling. Yog`larHech kimga sir emaski, yog`lar - ayollarning reproduktiv tizimi uchun juda muhim. Yog`li ovqatlarni istash - gormonal tizim boshqaruvidagi o`zgarishlar, reproduktiv buzilishlar belgisidir. Shuningdek, bunday istak ovulyatsiya yoki sikl oxirida ham paydo bo`ladi. Biroq hamma yog`lar ham foydali emasligini unutmang: qovurilgan kartoshka hali hech kimni sog`lom qilmagan. Organizmingizga quloq soling, ammo ayyorona yo`l tuting: ratsioningizni avokado, yong`oqlar, qizil baliq bilan to`ldiring. Bu orqali organizmdagi ozuqa moddalari yetishmovchiligining oldini olasiz, sog`liq va go`zalligingizni saqlab qolasiz. Tuzli mahsulotlarTuzli narsalarni boshqarib bo`lmaydigan darajada istash - suv-tuz balansining buzilgani belgisidir. O`ylab ko`ring: balki juda ko`p yoki juda kam suv ichayotgandirsiz? Me`yoringizni hisoblang va uni buzmaslikka harakat qiling. Shuningdek, ratsioningizga, ayniqsa, yoz oylarida tuz qo`shing. Kuniga chorak choyqoshiq tuz zarur, ammo uning sifati muhim: pushti, dengiz yoki himolay tuzini tanlang. Oshxona tuzi bundan mustasno. Fast-foodAgar sizda ko`p miqdorda zararli oziq-ovqatlarni iste`mol qilishga xohish kuchli bo`lsa, o`ylab ko`ring, balki sizga qandaydir mikroelement yetishmayotgandir? Ratsioningizni qayta ko`rib chiqing va unga yetarli miqdorda sabzavot, meva, donlar va yog`siz go`shtni qo`shishga harakat qiling. 
Shuningdek, kun davomida eng asosiy tanovulingiz tushlik bo`lishi lozim. Bu hazm qilish faoliyatining eng yuqori darajasi vaqtidir. Aynan shu paytda barcha ozuqaviy moddalar o`zlashtiriladi.

manba