REKLAMA
Reklama joyi bo`sh!

Shoshiling o`z reklama joyingizni band qiling.

Onalik va karyerani qanday uyg‘unlashtirish mumkin? Psixologdan 3 tavsiya

Ayol farzandli bo`lgach, vaqt o`tib bolasi ulg`aygani sari o`ylanib qoladi: ishni ham, bola parvarishini ham eplasa bo`ladimi? Ba`zilar ayol faqat oila va bola bilan mashg`ul bo`lishi kerak, deb hisoblaydi. Ammo shunday ayollar borki, ular o`zlarini baxtli his qilishlari uchun ham oila, ham ishda o`zini namoyon qilishlariga ehtiyoj sezadilar. Bundan tashqari, jamiyat rivojida ayollarning mehnat faoliyati orqali kiritadigan hissasi kerak. Shuning uchun, keling, ayolga karyera muhimmi yo bola parvarishimi? deb savol bermaymiz. Ikkalasini uyg`unlashtirish yo`llarini qidiramiz. Oila va ish o`rtasidagi muvozanatni saqlash uchun psixolog Mixail Labkovskiy o`z Instagram sahifasida quyidagi tavsiyalarni bergan:Birinchi qoida:
"Ishda bo`lganingizda - faqat tanangiz emas, xayolingiz ham ishda bo`lsin. Uyga kelganingizda esa farzandingiz bilan mashg`ul bo`ling, xayolingiz hisobotlarda bo`lmasin. Bolaga u bilan o`tkazgan vaqtingiz miqdori emas, sifati muhim. Ayol ofisda o`tirib, bolasini bog`chada kimdir turtgan-turtmagani haqida xavotir olsa, ishda muvaffaqiyatli bo`lmasligi aniq", - deydi Labkovskiy.  Ikkinchi qoida:
"Hamma narsada mukammal bo`lish fikrini miyangizdan chiqarib tashlang. Bor kuchingiz, ijodiy quvvatingiz va vaqtingizni faqat bitta narsaga bag`ishlashga majbur ham emassiz.
 
Bu holatda eng ko`p yo`l qo`yiladigan xato - ishga joningizni berib, kunbo`yi ofisda o`tirganingiz uchun o`zingizni aybdor his qilasiz va bola bilan yiqilib qolguncha o`ynaysiz. Yoki ishlaringizni shosha-pisha oxiriga yetkazasiz. Axir, siz o`zingizni avvalambor ona deb hisoblaysiz, onalikka bor kuchingizni berasiz, shaxsiy rivojlanish esa kutib turadi".Ham ishni, ham bola parvarishini me`yorida olib borsangiz bo`ladi. Bunga ishonish va xotirjam bo`lishingiz kerak, xolos. Uchinchi qoida:
Hayotingizni ertangi kunga qoldirishni bas qiling. "Bolam katta bo`lgach", "ta`til boshlangach" va hokazo xayollarni to`xtating. Ayni vaqt bilan yashang. "Hammasidan charchagan bo`lsangiz, enaga yollang va dugonalaringiz bilan sayrga otlaning. Faqatgina bir sohada qotib qolmaslik uchun yordamchilarni zaxira qilib oling. Aytgancha, shaxsiy fikrimga ko`ra, har qanday normal ota o`z burchlarini eplay oladi", - deydi psixolog.
 
Asablaringiz taranglashib, ish va bola tarbiyasi o`rtasida halloslab qolmasligingiz uchun kimdandir yordam olish fikri yomon emas. Turmush o`rtog`ingiz bu borada ko`maklashsa ham bo`ladi. Bu bola va ota o`rtasidagi munosabatlarni mustahkamlaydi, shuningdek, eringiz o`z qarshisida charchagan va asabiy ayolni emas, har doim kuchga to`la va minnatdor ayolni ko`rishni xohlaydi.Sarvinoz OMONOVA tayyorladi

manba