REKLAMA
Reklama joyi bo`sh!

Shoshiling o`z reklama joyingizni band qiling.

Oʻsimlik oqsili qanday afzalliklarga ega ekani haqida xabar berildi 

Nazariy jihatdan hatto mol goʻshtidan tayyorlangan kotletli burgerni ham sogʻlom yegulik deb atash mumkin. Chunki uning tarkibida oqsil, kletchatka va hayot uchun muhim boshqa elementlar mavjud. Shunga qaramay, kulcha va qaylani sogʻlom ovqatlanishning tarkibiy qismiga kiritib boʻlmaydi. Bundan tashqari, soʻnggi tadqiqot natijalari hayvonlardan olinadigan oqsil 100 foiz foydali emas degan xulosani bermoqda . Zaruriy oqsilni esa oʻsimliklardan olish ancha foydali. Odatda oʻsimliklardan tayyorlangan yeguliklar organizm uchun foydaliroq. Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqotlardan biri taomnomasiga yetarli sabzavot va mevalarni kiritgan kishilarda, asosan, goʻsht isteʼmol qilganlarga qaraganda yurak-qon tomir kasalliklari 31 foizga, umumiy oʻlim holati xavfi, taxminan, 20 foizga kamroq ekanini ko`rsatgan. Albatta, bir yoki bir necha tadqiqot natijasida toʻliq ishonchli natijalarni olish mumkin emas. Biroq nima uchun oʻsimlik oqsili, masalan, dukkaklilar foydali ekani borasida boshqa faktlar ham mavjud. Olimlar fastfood`dan butunlay voz kechish emas, shunchaki ularni oʻz meʼyorida isteʼmol qilgan maʼqul, deyishyapti. Uzoq vaqt davomida goʻsht, ayniqsa, qizil goʻsht iste`molini kamaytirish organizmning umumiy holatiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Oʻsimlik oqsilining boshqa afzalliklari:Uning tarkibida toʻyimli modda va kletchatkalar koʻproq (barchasi aminokislota boʻlmasa ham);Mol goʻshti koʻplab toʻyimli moddalari bilan mashhur. Agar goʻshtning xilma-xil turlarini (oq va qizil, faqat mol goʻshti emas, xilma-xil submahsulotlarni ham) isteʼmol qilsangiz, organizm zaruriy shaxsiy oqsil, shuningdek, B12, niatsin, tiamin, B5, B6, B7 va A hamda K vitaminlariga ega boʻladi.Biroq ratsionni xuddi shunday oʻsimlik oqsili (yongʻoq, urugʻ va dukkaklilar)ga almashtirsangiz, uning foydasi goʻshtli ratsion bilan bir xil boʻladi. Ushbu mahsulotlar toʻyintiruvchi moddalarning oʻxshash tarkibiga ega. Farq shundaki, barcha mahsulotlar tarkibida ham B12 vitamini boʻlmaydi. Biroq uni dengiz suvoʻtlari va toʻyintirilgan boshoqli donlardan olish mumkin. Asosi oʻsimlikdan iborat taomlarni afzal bilgan kishilar sogʻlom odatlarga egaTadqiqotlardan birida asosi oʻsimlikdan iborat taomlarni isteʼmol qiladigan kishilar umuman olganda sogʻlomroq ekani aniqlangan. Ular sport bilan koʻproq shugʻullanadi, sogʻlom turmush tarziga amal qiladi va oʻz salomatligini nazorat qilib boradi. Ehtimol, ratsion va turmush tarzi oʻrtasida bevosita aloqa boʻlmas, biroq bu an`anani aniq sezish mumkin. Goʻsht tarkibida toʻyintirilgan yogʻlar koʻproqGoʻsht eng sogʻlom ovqat emasligining yana bir sababi - yogʻ. Aynan u steyk va gamburgerlardagi yoqimli taʼm va hidning sababi sanaladi. Biroq yogʻ yurak salomatligi uchun zarar boʻlishi mumkin va xolesterin darajasini oshiradi. Yongʻoq, avokado va qizil baliq yogʻning sogʻlom manbai hisoblanadi. 

manba