REKLAMA
Reklama joyi bo`sh!

Shoshiling o`z reklama joyingizni band qiling.

Samolyotda mikroblar 7 kun davomida saqlanib turishini bilasizmi?

Statistikaga ko`ra, o`rtacha har beshinchi yo`lovchi parvozdan so`ng o`zini yomon his qiladi yoki kasal bo`lib qoladi. Bunday ko`ngilsiz holatlarda yoningizdagi yo`lovchini ayblashdan oldin, shunchaki bitta havodan nafas olish virus infeksiyasi tarqalishining asosiy sababi emasligini bilib olishingiz kerak . Yuzalarga ehtiyot bo`lingMikroblar samolyot bortida, taxminan, yetti kun yashashi mumkin. Garchi, ular tekis va silliq yuzalarga qaraganda g`adir-budur sirtlarda ko`proq umr ko`rsa-da bunday joylar viruslar yashashi uchun qulay bo`lishi mumkin. Shuni yodda tutish kerakki, bortda yana boshqa ko`plab "xavfli hududlar" mavjud. Jumladan, jadvallar, pardalar va aviakompaniya jurnallari sizgacha ancha qo`llardan o`tgan bo`ladi. Shuningdek, parvoz davomida o`rindiq orqasidagi cho`ntakka umuman tegmaslikka harakat qiling. Chunki, u ko`pincha ishlatilgan paketlar, oziq-ovqat mahsulotlaridan qolgan chiqindilarni solishga va hatto, bolalar tagliklarini saqlash uchun xizmat qilgan bo`lishi mumkin. Imkon qadar nam salfetkalar yoki antibakterial suyuqliklardan foydalaning.Ko`p miqdorda suv iching, lekin samolyot ichidagi idishlarda olib kelingan suvni ichmaslikka harakat qiling.
Samolyotda havo namligi ancha past bo`lgani uchun sayohatchilar tezda chanqab qolishlari mumkin. Biroq, so`nggi yillarda bortda keltirilgan suvning tozaligi borasida juda ko`p bahsli munozaralar bo`lgan. Ichimlik idishlari tozalanishiga qaramay, ular nechanchi marta yuvilayotganini hech kim aniq bilmaydi. 
Yaxshisi, aeroportga o`zingiz bilan birga shisha idish olib boring va tekshiruvdan o`tgandan so`ng uni suv bilan to`ldirib oling.Yostiqlar va suyanchiqlarga suyanishdan oldin ehtiyot bo`ling Xalqaro standartlarga ko`ra, aviakompaniyalarda yostiq va choyshablar har parvozdan oldin yuvilib, mikroblardan tozalanishi kerak. Biroq, ko`pincha ekipaj parvozlar orasida bunga vaqt topolmaydi. To`g`ri joy tanlang Har qanday holatda ham hojatxonaga yaqin joylardan qoching. Uning o`zi mikroblar manbai ekani yetmaganday, navbatda turgan odamlar sizning atrofingizda doimo to`planishadi, ulardan biri esa bemor bo`lishi mumkin.Ko`plab aviakompaniyalar onlayn ro`yxatdan o`tish va joyni tanlash imkoniyatini taklif qilishadi. Shuni yodda tutingki, ko`p hollarda joylarni tanlash pullik xizmat turiga kiradi.To`g`ri ovqatlaning Tuzli, shirin yoki yog`li ovqatlardan saqlaning va suyuqlikni yo`qotishga yordam beradigan yong`oqqa o`xshash quruq mevalarni yeyishga harakat qiling.Immunitetingizni mustahkamlash uchun parvozdan bir necha kun oldin vitaminlar yoki ozuqaviy qo`shimchalar qabul qiling.

manba