REKLAMA
Reklama joyi bo`sh!

Shoshiling o`z reklama joyingizni band qiling.

Amazon rahbari Jeff Bezosdan biznes bo‘yicha maslahatlar

Bugun biznes bo`yicha tavsiyalar, trening va kurslar juda ko`p. Odatda, ularga ega bo`lish uchun anchagina pul sarflab qo`yganingizni sezmay ham qolasiz. Ammo ko`pincha bittagina maslahat ham dunyoqarashingizni o`zgartirib, ishlaringizni yangi o`zanga burib yuborishi mumkin. Keling, dunyodagi eng boy kompaniyalardan biri Amazon rahbari Jeff Bezosning oltinga teng maslahatlari bilan tanishib chiqamiz :"Mendan ko`pincha 10 yildan keyin nima o`zgaradi, deb so`rashadi. Bu juda qiziqarli va keng tarqalgan savol. Ammo "keyingi 10 yilda nima o`zgarmaydi?", deb so`rashmaydi. Shuni aytishim kerakki, ikkinchi savol ancha muhimroq. Chunki biznes-strategiyani vaqt o`tishiga qaramay, doimiy saqlanib qoluvchi narsalar asosiga qurish kerak. Bizning savdo biznesimizda mijozlar pastroq narxlarni xohlashini bilamiz, o`n yildan keyin ham shunday bo`ladi. Ular buyurtmalari tez yetib kelishini, tanlov imkoniyati katta bo`lishini xohlashadi. Masalan, o`n yildan keyin mijoz oldimga kelib, "Jeff, men Amazon`ni yaxshi ko`raman, faqat narxlar balandroq bo`lsa yaxshi bo`lardi" yoki "Men Amazon`ni yoqtiraman, lekin buyurtmalarni sekinroq yuborsangizlar yaxshi bo`lardi", deyishini tasavvur qilish qiyin. Bu bo`lishi mumkin emas! Shuning uchun ham bor imkoniyat va kuchimizni doimiy narsalarga qaratishimiz, bugun ekkanimizning hosilini o`n yildan keyin ham olishimiz kerak. Mijozlarimiz o`n yildan keyin ham dividend olishlari lozim. Agar biror narsaga ishonsangiz, ayniqsa, uning uzoq vaqt barqaror bo`lishini bilsangiz - katta energiya sarflashdan qo`rqmang".

manba