REKLAMA
Reklama joyi bo`sh!

Shoshiling o`z reklama joyingizni band qiling.

Uydagi ranglar psixologik holatimizga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Charchoqli kundan keyin o`z uyingda hordiq chiqarishga nima yetsin. Ammo yorug`lik manbalari va devorlar rangini noto`g`ri tanlash orqali  uyingizni charchoq chiqmaydigan, aksincha to`planadigan joyga aylantirib qo`yish mumkin. Buni qanday chetlab o`tish mumkin ?Uy yorug` va shinam bo`lishi lozim. To`g`ri loyihalash orqali bunga erishish mumkin. Tabiiy yorug`lik qancha ko`p bo`lsa, shuncha yaxshi. Shu sababdan derazalarning o`lchami va joylashuvi juda muhim. Ideal variant - poldan shiftgacha bo`lgan ulkan derazalar. Ammo hayotingizni begona ko`zlardan himoya qilishni istasangiz, derazalarni och rangdagi, nur o`tkazuvchi pardalar bilan berkiting. To`q ranglarni qamrab olgan uy anchagina zamonaviy ko`rinishi mumkin, ammo bunday qorong`ilikda yashash oson bo`lmaydi, dam olishning esa iloji yo`q. To`q ranglar xavotir va hadikni chaqiradi, depressiyaning rivojlanishiga olib keladi. Yorqin va ko`zga tashlanuvchi ranglar ham to`g`ri kelmaydi. Masalan, qizil yoki binafsharang harakatga undaydi. Ular klub yoki sportzalga mos, ammo yashash joyiga emas. Uyda odam o`zini xotirjam his qilishi kerak.
 
Devorlar iloji boricha och yoki yumshoq ranglarda bo`lishi lozim: qaymoqrang, sarg`ish, och pushti yoki jigarrang. Yashil rang ruhiyatimizga yaxshi ta`sir ko`rsatadi, oq va och ranglar kishiga mayinlik hamda romantika bag`ishlaydi. Ular o`zingizni yengil his qilishingizga yordam beradi.  Umid qilamizki, bu maslahatlar uyingizni loyihalashda asqatadi.

manba