REKLAMA
Reklama joyi bo`sh!

Shoshiling o`z reklama joyingizni band qiling.

Facebook videoaloqa uchun yangi qurilma modellarini taqdim etdi

Facebook korporatsiyasi video qo`ng`iroqlarni amalga oshirish uchun Portal qurilmalari tarmog`ini yangiladi. Bu haqida kompaniyaning rasmiy veb-saytida e`lon qilingan bayonotida aytilgan .Facebook birinchi bo`lib 2018-yil oktyabr oyida Portal deb nomlangan ekran va kamera bilan jihozlangan aqlli dinamiklarni namoyish qilgandi. Qurilmalar, masalan, messenger ilovasidan foydalanib, videomuloqot qilish uchun mo`ljallangan. Dastlab kompaniya ikkita modelni taqdim etdi: diagonali 10 dyuym (25,4 sm.) ekranli Portal va 15,6 dyuym (39.6 sm.) bo`lgan Portal+. Qurilmaning dasturiy ta`minoti suhbat paytida xonada qancha odam borligini aniqlashga va kamerani ularga qaratishga imkon beradi.Chorshanba kuni Facebook yangi dizayndagi standart Portalni, shuningdek, sakkiz dyum (20,36 sm.) ekranli Portal Mini`ni taqdim etdi. Bundan tashqari, kompaniya Portal TV deb nomlangan qurilmani birinchi marta namoyish qildi. Televizorga ulanganingizda, qurilma video orqali u bilan gaplashish va tasvirga kengaytirilgan reallik effektlarini qo`llash imkonini beradi.Kompaniyaning ta`kidlashicha, Portal qurilmalari ikki foydalanuvchiga bir vaqtning o`zida bir xil videoni Facebook Watch platformasida ko`rish imkonini beradi. Agar suhbatdoshlar ko`rgan narsalari to`g`risida fikr almashishni xohlasa, ijro avtomatik ravishda to`xtatiladi.Ma`lumot xavfsizligiQurilmani ko`zdan kechirgan TechCrunch sanoat platformasi muxbirlari foydalanuvchilar Portal yordamida almashadigan ma`lumotlar va rasmlarning saqlanishi shubha ostida qolishi mumkinligini ta`kidlamoqda. Negaki, ilgari ham Facebook foydalanuvchilarning ma`lumotlarini to`plash va saqlash qoidalarini buzgani uchun bir necha bor qattiq tanqid qilingan va moliyaviy yo`qotishlarga duch kelgan.Facebook Portalni ishlab chiqishda qurilma egalarining shaxsiy ma`lumotlarini himoya qilishga alohida e`tibor berganligini ta`kidladi. Shunday qilib, ularda kamerani yopish uchun qopqoq bor. Mikrofonini esa qo`lni bir marta tekkazish bilan o`chirib qo`yish mumkin. Kamera va mikrofon ishlaganda Portal va barcha dasturiy jarayonlar Facebook`ning serverlariga emas, to`g`ridan-to`g`ri qurilmalarga o`tadi.

manba